Published April 15, 2025 | Version v1

Yoshlarda faol fuqarolikni shakllantirishning tuzilmaviy-protsessual modeli

Description

Mazkur ilmiy maqolada oliy ta’lim tizimida talabalarning fuqarolik faollik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda
ularning ilmiy salohiyatini oshirishda mavjud tarixiy, ijtimoiy-siyosiy va pedagogik-psixologik muammolar jahon va mahalliy
tajribalar asosida tahlil qilinib, bugungi holatidan kelib chiqib ilmiy-nazariy ma’lumotlarni amalda qo‘llashni takomillashtirish
bo‘yicha xulosalar va takliflar ishlab chiqilgan. Jahon fanida fuqarolik faolligini ta’minlashda motiv va ehtiyojlarni
o‘rganishga yo‘naltirilgan bir qator aqliy markazlar (think tanks) va ilmiy-tadqiqot institutlarida izlanishlar olib borilmoqda.
Ular qatoriga Amnesty International (Buyuk Britaniya), Strategik va innovatsion tadqiqotlar markazi (AQSH), Fridrix Ebert
jamg‘armasi – FES (Germaniya), Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi – CASE (Polsha), Fuqarolik jamiyati va notijorat
sektori (Rossiya Federatsiyasi) kabi tashkilotlarning tadqiqotlari kiradi. Ularda inert (ing. inert – sust, harakatsiz, nofaol)
holatdan faol fuqarolikka o‘tish siyosiy, iqtisodiy va huquqiy bilimdonlikni talab etishi bilan birga, faol fuqarolik fenomeni
jamiyatda ehtiyoj sifatida namoyon bo‘lishi bilan aloqadorligi ta’kidlangan.
Markaziy Osiyoda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga oid kompleks tadqiqotlarda yoshlarda fuqarolik kompetensiyalarini
shakllantirish jarayonida yangi bilim va tushunchalarga ega bo‘lish hamda xalqaro miqyosda maqsadli tadqiqotlarni
hamkorlikda o‘tkazish strategiyasini ishlab chiqish zarurligi belgilangan. Unga muvofiq, ta’lim muassasalarida huquqiy va
iqtisodiy bilimlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida berish hamda pedagoglarni tayyorlash fuqarolik faolligini
ta’minlashning asosiy yo‘llaridan biri ekani, bu esa mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda ma’rifiy
asos bo‘lib xizmat qilishi qayd etilgan.

Files

113.Xabibulla Muratov Abduqodirovich.pdf

Files (2.4 MB)

Name Size
md5:6456289c118e8e173f3089029c5801be
2.4 MB Preview Download

Additional details