Soliqlar vositasida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish imkoniyatlari
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada yashirin iqtisodiyotning mazmun-mohiyati, uning iqtisodiy taraqqiyotga salbiy ta’siri hamda uni kamaytirish yo‘llari tahlil qilingan. Xususan, yashirin iqtisodiyotni oldini olishda soliq mexanizmlaridan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Maqolada soliq imtiyozlari, soliq ma’lumotlarini raqamlashtirish, soliq ma’murchiligi va nazorat tizimini takomillashtirish orqali rasmiy iqtisodiyotni kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan. Shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasi asosida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishning samarali yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Mazkur tadqiqot mamlakatda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va soliq siyosatini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.