BOLALARNI HISSIY BILISH KO'NIKMASINI SHAKLLANTIRISH
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada bolalarda hissiy bilish (emotsional intellekt) ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Maqola doirasida emotsional intellekt tushunchasi, uning tarkibiy qismlari (o‘z-o‘zini anglash, o‘z his-tuyg‘ularini boshqarish, motivatsiya, empatiya va ijtimoiy ko‘nikmalar) hamda bu ko‘nikmalarni rivojlantirish usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim muassasalarida samarali o‘quv-metodik faoliyat namunalariga va turli yosh guruhlariga moslashtirilgan mashg‘ulotlarga misollar keltiriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, interaktiv texnologiyalar, o‘yin-metodik usullar va psixologik treninglar orqali bolalarning hissiy intellekti sezilarli darajada yaxshilanadi.