Published April 15, 2025 | Version v1

-ayotgan bo'lsa shaklining lisoniy xususiyati va uning o'zgarishi

Description

Maqolada -ayotgan bo‘lsa shaklining lisoniy xususiyati va uning o‘zgarishi tahlil qilinadi. -ayotgan bo‘lsa
shaklining lisoniy (paradigmatik) xususiyati shart, hozirgi zamon, davomlilik semalari va munosabat (sintaktik xususiyat)
dan iborat. Zarurat bo‘lsa, -ayotgan bo‘lsa shaklining u yoki bu semasi lug‘aviy vosita yordamida kuchaytiriladi, konkretlashtiriladi.
Bu oydinlashtiruvchi kontekstda amalga oshadi. Shart semasi uchun oydinlashtiruvchi kontekstda mazkur
sema agar, bordi-yu, basharti, mabodo, magar yordamchi so‘zlari vositasida ta’kidlanadi, kuchaytiriladi. Bu so‘zlar
-ayotgan bo‘lsa shakliga, aniqrog‘i bu shaklning -sa uzviga ma’nodosh bo‘lib, konnotatsiya ifodalashga xizmat qiladi.
Daxldor
semalar va sintaktik xususiyat shaklning o‘zida belgilangan bo‘lib, ularning ifodalanishi uchun kontekstning
betaraf bo‘lishi kifoya. -ayotgan bo‘lsa shakli shart, hozirgi zamon semalari va sintaktik xususiyati uchun noqulay kontekstda
ham qo‘llanadi.

Files

37.Safarov Firuz Sulaymonovich.pdf

Files (1.5 MB)

Name Size
md5:f67d54fe23a1d633f90910eba56d9738
1.5 MB Preview Download

Additional details