YOSHLARNI MAQOM SAN'ATIGA QIZIQTIRISH VA ULARNI QO'LLAB-QUVVATLASH
Authors/Creators
Description
Yoshlarni maqom san’atiga qiziqtirish va qo‘llab-quvvatlash O‘zbekistonning madaniy merosini saqlash va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Maqom musiqasi o‘ziga xos, chuqur tarixiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lib, xalqning ma’naviy qadriyatlarini aks ettiradi. Biroq, zamonaviy musiqaning keng tarqalishi va global madaniyatning ta'siri sababli, yoshlar orasida maqom san'ati bilan qiziqishning kamayishi kuzatilmoqda. Ushbu maqola, yoshlarni maqom san'ati bilan tanishtirish va ularni bu san’atga qiziqtirish uchun amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan amaliy chora-tadbirlar, ta’lim tizimi, zamonaviy texnologiyalar va media vositalari orqali targ‘ibot, shuningdek, musiqiy festival va tanlovlar orqali yoshlarni jalb qilish yo‘llarini ko‘rib chiqadi. Maqom san'ati yoshlar uchun faqat musiqa emas, balki milliy madaniyatni anglash va qadrlash imkoniyatini taqdim etadi. Yoshlarni maqom san'atiga qiziqtirish, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va milliy merosga hurmatni shakllantirishga xizmat qiladi.