Published April 15, 2025 | Version v1
Journal article Open

HARBIY PEDAGOGIKA

  • 1. Buxoro davlat pedagogika instituti dotsenti Harbiy ta'lim fakulteti

Description

Mazkur maqolada harbiy pedagogika fanining nazariy asoslari, tarixiy shakllanish bosqichlari va zamonaviy talablarga mos rivojlanish yo‘nalishlari atroflicha tahlil etilgan. Harbiy pedagogika harbiy xizmatchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ularni yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar asosida tarbiyalash, harbiy intizom va jangovar tayyorgarlik darajasini oshirishda muhim omil sifatida qaraladi. Maqolada harbiy pedagogikaning umumiy pedagogika bilan o‘zaro aloqasi, o‘ziga xos tamoyillari, metodlari, shakl va vositalari chuqur tahlil qilinadi.
Jumladan, harbiy ta’lim jarayonida interfaol metodlardan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari, ularning samaradorligi misollar bilan asoslab berilgan. Shuningdek, harbiy-patriotik tarbiyaning mazmuni, yoshlar ongida Vatanga sadoqat, fidoyilik, mas’uliyat kabi fazilatlarni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Maqola davomida harbiy o‘qituvchining kasbiy mahorati, didaktik yondashuvi va pedagogik mahorati bilan bog‘liq masalalarga ham alohida e’tibor qaratilgan. Bugungi globallashuv davrida harbiy ta’lim tizimini zamonaviylashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil qilib, milliy an’analar bilan uyg‘unlashtirish yo‘llari taklif etilgan. Shuningdek, maqolada harbiy jamoalarda psixologik muhit, liderlik, jamoa ichidagi ijtimoiy munosabatlar, kommunikatsiya madaniyati kabi omillar harbiy pedagogika doirasida o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim yo‘nalishlar sifatida ko‘rsatib berilgan. Mazkur ilmiy maqola harbiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, harbiy tarbiyachilar, pedagogika fanining tadqiqotchilari hamda amaliyotchi harbiy mutaxassislar uchun nazariy va amaliy jihatdan foydali bo‘lishi mumkin. U harbiy ta’lim tizimini takomillashtirish va milliy xavfsizlikka xizmat qiladigan malakali, vatanparvar kadrlarni tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shadi.

Files

Niyazov E 25-29 ACU.pdf

Files (219.1 kB)

Name Size Download all
md5:3e16a0ce6a11ffdf68d51294354588d3
219.1 kB Preview Download