Published April 8, 2025 | Version v1

TRIBULUS TERRASTRIS O'SIMLIGIDAN AJRATIB OLINGAN YANGI MODDA VA UNING TUZILISHI

Description

O‘zbekiston hududi o‘simlik olamiga boy va ulardan oqilona foydalanish imkoniyatlari kengdir. Fiziologik faol moddalar o‘rtasida alkaloidlar katta ahamiyatga ega, chunki ular turli strukturaviy tuzilish va yuqori fiziologik faollikka ega. O‘simlik moddalarining kimyoviy tuzilishi va biologik faolligini o‘rganish bir tomondan kimyoni rivojlantirib, unda yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan zamonaviy samarali dorivor vositalarning yaratilishi va tibbiyot amaliyotiga tadbiq etilishiga asos bo‘ladi. Ko‘pchilik sintetik dorivor vositalar hamda antibiotiklarning uzoq vaqt qo‘llanilishi immunitetning pasayishi, allergiya hamda organizmdagi mikrofloraning buzilishiga olib kelishi mumkin. Bugungi kunda turli kasalliklarni davolashda qo‘llaniluvchi o‘simlik moddalaridan tayyorlangan tabiiy dorivor vositalarning o‘ziga xos jihati shundaki, ular, sintetik vositalardan farqli o‘laroq, organizmga salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi. Farmasevtika sanoatida dori-darmon olinuvchi dorivor o‘simliklar juda ko‘p bo‘lib, ular yurtimizning ulkan xazinasi hisoblanadi. Yurtimiz hududlarida 4500 dan ortiq o‘simlik turi uchraydi, shulardan 600 ga yaqini shifobaxsh o‘simliklardir

Files

4-9.pdf

Files (408.3 kB)

Name Size
md5:9973c0d59f628b95b8d76499e4aab731
408.3 kB Preview Download