Published April 4, 2025 | Version v1
Journal article Open

MAKTABDA ICHKI BAHOLASH OʻTKAZISHNING TAʼLIM SIFATIGA TAʼSIRI

Description

Mamlakat iqtisodiy oʻsishi uchun oʻquvchilarga nafaqat maktabda toʻgʻri taʼlim berish, balki taʼlimda baholash va monitoringni toʻgʻri tashkil etish ham zarur. Shu nuqtayi nazardan, ushbu maqolada maktablarda ichki monitoring va baholash oʻtkazishning taʼlim sifatiga, oʻquvchilar oʻzlashtirishiga taʼsir darajasini aniqlash tadqiq etildi. Tadqiqotda maktab direktorlari va direktorlikka nomzod pedagoglardan iborat boʻlgan 106 nafar respondent ishtirokida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari va Oʻzbekistonlik oʻquvchilarning PISA –2022 tadqiqotidagi natijalari tahlil qilindi. Natijalari matematik-statistik tahlil metodidan foydalanilib, tahlil qilindi. Oʻzbekiston taʼlim kontekstida maktablarda taʼlim sifati boʻyicha ichki monitoring va baholash taʼlim sifatiga taʼsir qilishi, ichki monitoring va baholash oʻtkazish chastotasi taʼlim sifati darajasiga proporsional ekanligi aniqlandi.

Files

104-111.pdf

Files (1.1 MB)

Name Size Download all
md5:208c5506a82c3a13bf32c7e11374b6a0
1.1 MB Preview Download