Published April 4, 2025 | Version v1
Journal article Open

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TIJORAT BANKLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Description

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida tijorat banklarining faoliyat samaradorligini oshirishning dolzarb jihatlari tahlil etiladi. Raqamli texnologiyalarni bank tizimiga joriy etish natijasida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish sifati oshib borayotgani, mijozlarga qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari kengayib borayotgani ta’kidlanadi.

Maqolada, xususan, sun’iy intellekt, blokcheyn, moliyaviy texnologiyalar (fintex), bulutli xizmatlar va raqamli identifikatsiya kabi innovatsion vositalarning tijorat banklari faoliyatiga integratsiyasi ularning operatsion samaradorligini oshirishga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani keng yoritilgan.

Shuningdek, raqamli transformatsiyaning banklarda risklarni boshqarish, mijozlar bilan individual aloqalarni yo‘lga qo‘yish, xarajatlarni kamaytirish, shaffoflik va ishonchlilikni oshirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Muallif raqamli iqtisodiyot sharoitida banklar oldida turgan yangi chaqiriqlar va imkoniyatlarni ko‘rsatib, ularni samarali boshqarish bo‘yicha strategik taklif va amaliy tavsiyalarni ilgari suradi. Maqola natijalari iqtisodiy siyosat yurituvchi tashkilotlar, tijorat banklari menejmenti va ilmiy doiralar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Files

68-77.pdf

Files (918.2 kB)

Name Size Download all
md5:bd377fb7288938a05d3fff92ab27aecc
918.2 kB Preview Download