Published March 30, 2025 | Version v1
Journal article Open

MUDDATDAN OLDINGI TUG'RUQ XAVFIDA ENDOTOKSIKOZNING ROLI

  • 1. Samarqand davlat tibbiyot universtiteti

Description

Muddatidan oldingi tug‘ruq – perinatal kasallanish va o‘limning yetakchi sabablaridan biridir. Jahon miqyosida har yil 10% atrofida chaqaloqlar 37-haftadan oldin tug‘iladi[1]. Bu tug‘ruqlarning katta qismi infeksiya va yallig‘lanish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lib, gram-manfiy bakteriyalar ajratadigan endotoksin (lipopolisaxarid) erta tug‘ruq mexanizmini qo‘zg‘atishda muhim rol o‘ynaydi. Endotoksin maternal va fetal organizmda “endotoksikoz” holatini keltirib chiqarib, kuchli yallig‘lanish reaktsiyasini chaqiradi; natijada bachadon qisqarishlari muddatidan oldin boshlanadi va homila a’zolariga shikast yetishi mumkin. Ushbu maqolada muddatidan oldingi tug‘ruq patogenezida endotoksikozning o‘rni hamda kelib chiqadigan perinatal asoratlar tahlil qilingan. Shuningdek, perinatal asoratlarning oldini olish choralari – infeksiyani erta aniqlash va davolash, antenatal profilaktik muolajalar hamda muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqqa zamonaviy yordam ko‘rsatish tadbirlari yoritilgan.

Files

Икромова Парвина 2.pdf

Files (635.2 kB)

Name Size Download all
md5:e19296e70e6c93e4338f36870c85d238
635.2 kB Preview Download