Published March 24, 2025 | Version v1
Publication Open

SMART TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH VOSITALARI

Description

Smart texnologiyalar zamonaviy dunyoda hayotning barcha sohalariga kirib borayotgan innovatsion yechimlar sifatida qaralmoqda. Ushbu mavzu doirasida smart texnologiyalar vositalari, ularning funksional imkoniyatlari, qo‘llanilishi va kelajakdagi rivojlanish tendentsiyalari o‘rganiladi. Smart texnologiyalar tizimlari Internet of Things (IoT), sun’iy intellekt (AI), ma’lumotlarni avtomatik tahlil qilish, bulutli hisoblash, robototexnika va boshqa zamonaviy texnologiyalar asosida ishlaydi. Ushbu vositalar shaxsiy, ijtimoiy va sanoat miqyosida samaradorlikni oshirish, resurslarni tejash va qulaylik yaratish maqsadida qo‘llaniladi.Smart uylar, smart shaharlar, smart transport tizimlari, sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda smart texnologiyalar vositalari keng qo‘llanilmoqda. Masalan, IoT asosidagi qurilmalar orqali uy jihozlari, yoritish, isitish tizimlari va xavfsizlikni avtomatlashtirish mumkin. Sun’iy intellekt esa ma’lumotlarni tahlil qilish, bashorat qilish va qaror qabul qilish jarayonlarini yaxshilaydi.

Files

ZDTF 0315.pdf

Files (582.8 kB)

Name Size Download all
md5:89a6793e316b5bd62fd9170575e81cb2
582.8 kB Preview Download