Published March 23, 2025 | Version v1

AN'ANAVIY XONANDALAR VA BAXSHI XONANDALAR BILAN BOSHLANG'ICH OVOZNI TO'G'RI YO'LGA QO'YISH DARSLARIDAGI MUAMMOLARNI BARTARAF QILISH USULLARI

Description

Ushbu maqolada baxshi va an’anaviy xonandalar uchun boshlang‘ich vokal darslarida uchraydigan muammolar hamda ularni bartaraf etish usullari ilmiy-uslubiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Ovozni to‘g‘ri shakllantirish, nafas nazorati, artikulyatsiya, diktsiya va so‘z-kuy uyg‘unligini saqlash masalalari maqolaning asosiy tadqiqot yo‘nalishi hisoblanadi.

Maqolada ovoz siqilishi, yuqori notalarga erkin chiqish, nafasni noto‘g‘ri taqsimlash, sahna ishonchining yetishmovchiligi va pedagogik yondashuvlar kabi muammolar o‘rganilib, ularni hal qilish uchun diafragmatik nafas olish texnikalari, rezonator mashqlari, diktsiyani shakllantirish, aralash ovoz (Mix voice) mashqlari va sahna psixologiyasi bilan ishlash usullari taklif etiladi.

Mazkur maqola musiqa ta’limi, an’anaviy xonandalik san’ati va vokal pedagogikasi bilan shug‘ullanayotgan pedagoglar, tadqiqotchilar hamda ijrochilar uchun nazariy va amaliy jihatdan foydalanish mumkin bo‘lgan muhim uslubiy manba sifatida xizmat qiladi.

Files

1028-1034.pdf

Files (807.0 kB)

Name Size
md5:727c928b551be653353941b65641d412
807.0 kB Preview Download