JAMOATCHILIK FIKRI ASOSIDA SHAKLLANGAN TADBIRLARNI MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Description
Mazkur maqolada jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish masalalari keng tahlil qilinadi. Jamoatchilik ishtirokida moliyalashtirish fuqarolarning ijtimoiy tashabbuslarda faol ishtirok etishiga, davlat mablag‘laridan samarali foydalanishga hamda mahalliy muammolarni tezkor hal etishga imkon yaratadi. Maqolada jamoatchilik fikriga asoslangan tadbirlarni moliyalashtirishning mavjud mexanizmlari – davlat byudjeti, xususiy sektor mablag‘lari, xalqaro grantlar hamda kraudfanding va kraudsorsing tizimlari o‘rganiladi. Ushbu moliyaviy manbalarning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinib, ularning samaradorligini oshirish yo‘llari taklif etiladi.
Shuningdek, maqolada moliyalashtirish jarayonining shaffofligini ta’minlash, fuqarolarni qaror qabul qilish jarayonlariga keng jalb etish, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash hamda davlat-xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish muhimligi ta’kidlanadi. Bu borada qonunchilik bazasini takomillashtirish va moliyaviy resurslarni boshqarish tizimini yanada oshkora qilish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Tadqiqot natijalari jamoatchilik fikriga asoslangan tashabbuslarni samarali moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqishga, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga va davlat boshqaruvining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Mazkur yondashuvlar orqali davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ishonch mustahkamlanib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo‘shilishi kutilmoqda.
Files
510-521.pdf
Files
(424.6 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:b670ef264683f18b2869473f1569fd79
|
424.6 kB | Preview Download |