Published March 20, 2025 | Version v1

KUPIR ASOSIDA YUMSHOQ DORI SHAKLINI VITILIGO KASALLIGIDA QO'LLASH IMKONIYATLARINI O'RGANISH

  • 1. Toshkent sh, Farmatsevtikada ta'lim va tadqiqot instituti. 2-kurs magistratura talabasi, E-mail: zayfinaeshpardayeva@gmail.com
  • 2. Toshkent sh, Farmatsevtikada ta'lim va tadqiqot instituti, farm.f.d.

Description

Mazkur maqolada vitiligo kasalligini davolashda kupir asosida yumshoq dori shakllarini qo‘llash imkoniyatlari o‘rganilgan.  Vitiligo – pigment yetishmovchiligi bilan tavsiflanadigan surunkali dermatologik kasallik bo‘lib, uning zamonaviy terapiya usullari yetarli samaradorlikni ko‘rsatmaydi. Shuning uchun innovatsion dorivor vositalarni izlash va ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida kupirning farmakologik xususiyatlari, uning teriga ta’siri va immunomodulyator, antioksidant hamda yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari o‘rganildi. Kupir asosida tayyorlangan gel, malham va krem kabi yumshoq dori shakllarining teriga singish darajasi, terapevtik samaradorligi va xavfsizligi eksperimental va klinik tadqiqotlar asosida baholandi. Olingan natijalar kupir asosidagi preparatlarning vitiligo terapiyasida istiqbolli ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu dori shakllari melanositlarning faoliyatini tiklashga yordam beradi, teridagi oksidativ stressni kamaytiradi hamda immun tizimining muvozanatini ta’minlaydi. Shuningdek, maqolada kupir asosidagi yumshoq dori vositalarini vitiligo bilan kasallangan bemorlarda klinik jihatdan qo‘llash istiqbollari va keyingi tadqiqotlar uchun tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqot natijalari vitiligo kasalligiga chalingan bemorlar uchun yangi va samarali davolash usullarini ishlab chiqishda muhim ilmiy asos bo‘lishi mumkin.

Files

456-462.pdf

Files (398.1 kB)

Name Size
md5:36ff29a243488c3e6674d0e6c6e0ad0d
398.1 kB Preview Download