ERTA FERTIL YOSHDAGI AYOLLARNING REPRODUKTIV MUAMMOLARI VA ULARNING AYOLLAR MASLAHATXONALARIGA BIRLAMCHI MUROJATI
Description
Ayollar maslahatxonasiga birlamchi murojaat qilayotgan fertil yoshdagi ayollarning reproduktiv holatini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqot doirasida Olmazor tumanidagi 63-oilaviy poliklinikaga murojaat qilgan 19–25 yosh oralig‘idagi 100 nafar ayol o‘rganildi. Tadqiqot ishtirokchilari ikkita guruhga bo‘lindi: 1-guruhga 60 nafar uy bekalari, 2-guruhga esa 40 nafar ishlaydigan va ta’lim oluvchi ayollar kiritildi. Ayollar maslahatxonasiga birlamchi murojaat qilish sabablarining asosiy omili ikkala guruhda ham kutilgan homiladorlik bo‘ldi. Shu bilan birga, ishlaydigan va ta’lim oluvchi ayollar orasida homiladorlikning ilk bosqichida tushish xavfi, profilaktik ko‘rikdan o‘tish ehtiyoji (1,5 baravar ko‘p) ko‘proq uchradi, uy bekalari orasida esa hayz ko‘rish buzilishlari 1,6 baravar ko‘proq qayd etildi. Ushbu tadqiqot natijalari fertil yoshdagi ayollarning reproduktiv salomatligini saqlash va ginekologik xizmat sifatini oshirishga qaratilgan profilaktik choralarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.