Published February 26, 2025 | Version v1

SIGIRLAR SUTINING SANITARIYA-GIGIENA HOLATINING AHAMIYATI

Description

Maqolada, monbelyard zotli sigirlarning turli fasllarda to‘g‘ishini sut mahsuldorlik va sutning sanitariya-gigiyena holatiga taʼsiri haqida maʼlumotlar yoritilgan. Tadqiqotlar Nukus tumani Kerder qishlog‘idagi “Qung‘irotboy Meхri” fermer xo‘jaligida olib borilgan. Har ikkala guruhdagi sigirlar sutidan iyul va avgust oylarida sog‘ilgan sutidan o‘rtacha namuna olinib, sanitariya-gigiyena holati tahlil qilingan. Tajribadagi sigirlar sutining sanitariya-gigiena holati DST-13264-88 talablari asosida navlarga ajratilgan. Sigirlarni to‘g‘ishini kuz va qish mavsumiga rejalashtirish, laktatsiyasining dastlabki davrlarini qish va bahor fasliga to‘g‘ri kelishini taʼminlab (bu vaqtda kun harorati yuqori emas), sifatli ko‘proq sut sog‘ib olishni taʼminlagan. Bahor va yoz faslida tuqqan sigirlarning laktatsiyasini dastlabki oylari yoz fasliga to‘g‘ri kelgan, bu vaqtda ko‘p sut sog‘ib olinib, kun harorati issiq bo‘lganligi bois, sutga mikroblar tushishi va ko‘payishi natijasida, xomashyo sutning sanitariya-gigiyena holati yomonlashgan, uni pastroq navlarga realizatsiya qilinishiga sabab bo‘lgan. Sigirlarni tug‘ish mavsumiyligini kech kuz va qish fasliga mavsumiylashtirish, sutdor qoramolchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarning iqtisodiy samaradorligiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi deb xulosa qilingan.

Files

6.17.pdf

Files (320.6 kB)

Name Size
md5:018c90900639bd70aae651daddae71a0
320.6 kB Preview Download