Published February 21, 2025 | Version v1
Journal article Open

TALABALARNING BILISH FAOLLIGINI FAOLLASHTIRISH

Description

So‘nggi yillardagi psixologik-pedagogik tadqiqotlar fikrlashning samaradorligi bevosita talabalarning bilish faolligiga bogʼliqligini ishonchli isbotlaydi.

Diqqatning taʼlimdagi rolini tavsiflab, quyidagi funktsiyalarni ajratib ko‘rsatish kerak. Birinchidan, diqqatning mavjudligi o‘quv materialini ongli ravishda o‘zlashtirishning zaruriy shartidir. Diqqat bo‘lmasa, his-tuygʼulardan olingan maʼlumotlar ong ostiga kiradi, odam uni har qanday ixtiyoriy harakatlar bilan, xotiraning har qanday zo‘riqishi bilan chiqarib ololmaydi. Ikkinchidan, diqqatning mavjudligi umuman o‘quv – bilish faoliyatining muvaffaqiyati va samarali bo‘lishining zarur shartidir. Shunday qilib, o‘quv materialini o‘zlashtirish harakatining har qanday bosqichlarini (idrok qilish, tushunish, o‘zlashtirish, mustahkamlash, qo‘llash) talabalarning to‘gʼri eʼtiborisiz to‘liq amalga oshirib bo‘lmaydi. Nihoyat, taʼlimdagi diqqatning uchinchi vazifasi diagnostikadir. Talabalar orasida diqqatning mavjudligi yoki yo‘qligi o‘qituvchi uchun o‘z faoliyatining samaradorligi to‘gʼrisida yaxshi signal bo‘lib xizmat qiladi [3].

Files

737-739.pdf

Files (211.0 kB)

Name Size Download all
md5:b8df381900f2847bc3218f8add5e1225
211.0 kB Preview Download