njRAT(REMOTE ACCESS TROJAN) VIRUSLARINING TAHLILI, USHBU TOIFADAGI VIRUSLARDAN KOMPYUTERLARNI TOZALASH VA HIMOYALASH
Description
So’ngi o’ttiz yilda kiberjinoyatlar olamida kiber hujumlar turlari va vositalari borasida sezilarli o’zgarishlar ro’y berdi. Masofada kirish troyanlari(RAT) an’anaviy kiberjinoyatchilik faoliyatining ajralmas qismiga, biroq ilg’or jususlik va firibgarlik hujumlarida esa standart vositaga aylandi. Bizning jamyatimizda mazkur viruslar bo’yicha o’ta ixtisoslashgan tadqiqotlarning kamligi, masofadan kirish troyanlarining qanday rivojlanishiga doir nuqtai nazar va tushunchalarni yetishmasligiga olib keldi. Ushbu ishning asosiy maqsadi sizlarga njRAT –masofadan kirish viruslarining umumiy tahlili, qanday qilib kopyuterlarni zararlashi, kompyuterning qaysi qisimlarida ko’proq kuzatilishi va ulardan qanday himoyalanish mumkinligi haqida so’z boradi.