Published February 15, 2025 | Version v1
Journal article Open

XITOY TILIDA TAQLID SO'ZLARNING FONETIK XUSUSIYATLARI

Description

Ushbu maqola Xitoy tilida taqlid so‘zlarning fonetik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Taqlid so‘zlar – tabiiy tovushlar yoki atrof-muhitdan eshitilgan ovozlarni til tizimiga kiritilgan so‘zlardir. Maqolada, avvalo, taqlid so‘zlarining fonetik tuzilishi, ularning til tizimiga kiritilishidagi fonetik transformatsiyalar va so‘zning talaffuzidagi o‘zgarishlar batafsil tahlil qilingan. Xitoy tilining tonal tizimi, assimilyatsiya, elizionsiya, vokal o‘zgarishlari kabi fonologik jarayonlar taqlid so‘zlarning fonetik xususiyatlarini shakllantirishi va ularning ma'no aniqligini oshirishdagi rolini yoritishga alohida e'tibor qaratilgan.

Maqolada Xitoy tilidagi ba'zi taqlid so‘zlar misollar keltirilgan holda ularning fonetik va fonologik o‘zgarishlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, taqlid so‘zlarning morfologik va sintaktik strukturalariga bo‘lgan ta’siri, ular orasidagi fonetik aloqalar va tildagi fonologik o‘zgarishlarni o‘zaro bog‘laydigan mexanizmlar tahlil qilinadi.

Taqlid so‘zlar Xitoy tilining fonetik tizimida katta o‘rin egallaydi va ularning fonologik o‘zgarishlari tilning rivojlanish jarayonini yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi. Maqola tilshunoslikda taqlid so‘zlarning fonetik xususiyatlari va ularning fonologik jarayonlar bilan aloqasini o‘rganishning muhimligini ta’kidlaydi.

Files

33 Dildora TASHMUXAMEDOVA139-142.pdf

Files (410.5 kB)

Name Size Download all
md5:3e76136d32f5003ef8977d01a765a3af
410.5 kB Preview Download