Published February 14, 2025 | Version v1
Journal article Open

TURLI MAMLAKATLARDA MAKTABGACHA TA'LIMDA MARKAZLASHTIRILGAN TASHKILOTNI QO'LLASH

Description

Maktabgacha ta’lim tizimini markazlashtirish yoki desentralizatsiya qilish har bir mamlakatning ta’lim siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlariga bog‘liq.

Markazlashtirilgan tizim davlat tomonidan to‘liq nazorat qilinib, barcha bolalar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi. Bu usul Fransiya, Rossiya va Xitoy kabi mamlakatlarda keng qo‘llaniladi. Yarim markazlashtirilgan tizim esa Germaniya, Janubiy Koreya va Turkiya kabi davlatlarda joriy etilgan bo‘lib, unda davlat va xususiy sektor hamkorligi mavjud.

AQSh, Finlyandiya va Kanada kabi davlatlarda esa maktabgacha ta’lim asosan mahalliy boshqaruv organlari yoki xususiy sektor tomonidan tashkil etiladi. Markazlashtirish ta’lim sifatini standartlashtirish, moliyaviy barqarorlik va innovatsiyalarni keng joriy etish imkonini bersa, desentralizatsiya esa moslashuvchanlik va tanlov erkinligini oshiradi. Shu bois, har bir mamlakat o‘ziga xos ehtiyoj va sharoitlardan kelib chiqib, optimal yondashuvni tanlaydi.

Files

455-459.pdf

Files (873.4 kB)

Name Size Download all
md5:5daa4ac2c28d4f4790184c58489ee51d
873.4 kB Preview Download