KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING KOMMUNIKATIV MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH
Authors/Creators
Description
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning bosh maqsadi kelajak avlodning malakali, mas’uliyatli kadrlarni tayyorlashda shaxsiy mas’uliyat hissini va madaniyatini rivojlantirish dolzarb o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida bilimli va zakovatli yosh avlod kadrlari masalasiga to‘xtalar ekan: “jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak. Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi, shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak”, deb ta’kidlaganlari ham bejiz emas albatta.