MAKTABGACHA TA'LIMDA O'YINGA ASOSLANGAN TA'LIMNING AHAMIYATI
Authors/Creators
- 1. Xalqaro Nordik universiteti magistranti E-mail: gulnozaqurbonova7777777@gmail.com
Description
Ushbu maqolada maktabgacha ta’limda o‘yinga asoslangan ta’limning ahamiyati va uning bolalarning rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. O‘yin, bolalar uchun tabiiy faoliyat bo‘lib, ularning kognitiv, emotsional, ijtimoiy va jismoniy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘yinga asoslangan ta’lim yondashuvi, bolalar uchun o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli, samarali va interaktiv qiladi. Maqolada o‘yinga asoslangan ta’limning ta’lim tizimidagi roli, uning bolalar rivojlanishiga ta’siri va o‘yinlarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan. Shuningdek, o‘yinning pedagogik ahamiyati va bolalar uchun o‘qishdagi muvaffaqiyatlar haqida fikr yuritilgan.