Published January 23, 2025 | Version v1

INFEKSION KASALLIKLAR UCHUN DETERMINISTIK VA STOXASTIK MODELLAR

  • 1. Farg'ona davlat universiteti "Amaliy matematika" mutaxasisligi 1-kurs magistranti

Description

Ushbu maqolada infeksion kasalliklarni o‘rganish va ularning tarqalishini oldindan aniqlashda qo‘llaniladigan deterministik va stoxastik modellar tahlil qilinadi. Deterministik modellar, odatda, differensial tenglamalarga asoslangan bo‘lib, kasallik tarqalishining o‘rtacha tendentsiyalarini aniqlashda yordam beradi. Stoxastik modellar esa ehtimollik va tasodifiylikni inobatga olib, kichik populyatsiyalarda yoki noaniqlik yuqori bo‘lgan vaziyatlarda ko‘proq ahamiyat kasb etadi. Maqolada ushbu modellar orasidagi asosiy farqlar, ularning afzalliklari va cheklovlari muhokama qilinadi. Shuningdek, infeksion kasalliklarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi parametrlarni aniqlash va real hayotdagi epidemiologik ma’lumotlarni tahlil qilishda modellarning qo‘llanilishi bo‘yicha misollar keltirilgan. Ushbu tadqiqot epidemiyalarni samarali boshqarish va oldini olishga qaratilgan amaliy choralar uchun nazariy asos yaratishga xizmat qiladi.

Files

37-41.pdf

Files (494.9 kB)

Name Size
md5:fefc57bd50a4a26a73696250361edb95
494.9 kB Preview Download