RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH
- 1. Maktabgacha va boshlang`ich ta'lim metodikasi kafedrasi katta o`qituvchisi, Guliston Davlat Pedagogika instituti
- 2. Guliston Davlat Pedagogika instituti 1-kurs magistiranti orziqulovazaynura4@gmail.com
Description
Ushbu maqolada, raqamli texnologiyalar yordamida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi roli, o‘qituvchilarning pedagogik va axborot-kommunikatsiya kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati, shuningdek, ularning o‘quvchilarni zamonaviy bilimlar bilan ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqola, raqamli vositalar orqali o‘qituvchilarning interaktiv va innovatsion darslarni tashkil etish, shaxsiy va professional kompetensiyalarini oshirishda qanday yordam berishi mumkinligini muhokama qiladi. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarni raqamli texnologiyalar bo‘yicha tayyorlashda yuzaga keladigan asosiy muammolar va ularni hal etish yo‘llari haqida fikrlar bildirilib, ta’lim tizimini raqamlashtirish jarayonida o‘qituvchilarni qanday tayyorlash zarurligi haqida xulosa qilinadi. Maqola o‘qituvchilarni raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishga oid metodik yondashuvlar va tajribalarni taqdim etadi.