Published January 12, 2025 | Version v1

GLOBALIZATSIYA SHAROITIDA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI SOLIQQA TORTISHNI JAHON ANDOZALARIGA UYG'UNLASHTIRISH

Description

Mazkur maqolada globalizatsiya sharoitida tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish tizimini jahon andozalariga moslashtirish masalalari batafsil yoritilgan.

Globalizatsiya iqtisodiy jarayonlarni chuqurlashtirib, tadbirkorlik faoliyati va soliqqa tortish tizimlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Xalqaro maydonda iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) tomonidan ishlab chiqilgan BEPS (Base Erosion and Profit Shifting) loyihasi, soliq bazasini yemirilishini oldini olish, shaffoflikni oshirish va daromadlarni soliqdan bo‘sh hududlarga ko‘chirishga qarshi kurash tamoyillari asosida xalqaro soliqqa tortish tizimini takomillashtirishga qaratilgan. Maqolada jahon andozalarining asosiy tamoyillari, jumladan, yagona soliq stavkalarining joriy etilishi, soliq ma’lumotlarini xalqaro almashinuvi va shaffoflikni ta’minlashning afzalliklari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, mahalliy sharoitlarda bu andozalarga moslashish muammolari, jumladan, qonunchilikni takomillashtirish, texnologik infratuzilmani rivojlantirish va tadbirkorlik subyektlariga ortiqcha soliq yukini kamaytirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari soliqqa tortish tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish orqali mamlakat iqtisodiyotini raqobatbardosh qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etishga oid tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu yondashuvlar tadbirkorlik muhiti va milliy iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash uchun muhim amaliy va nazariy ahamiyatga ega.

Files

247-258.pdf

Files (913.9 kB)

Name Size
md5:500f830ef4cf7ae7d2f9e5fc501a0b5c
913.9 kB Preview Download