Published December 13, 2024 | Version v1
Journal article Open

HODISALAR O'RTASIDAGI BOG'LANISHLARNI STATISTIK O'RGANISH Yulasheva. N.Y

Description

"Hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarni statistik o’rganish" mavzusi statistika fanining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, turli jarayonlar va hodisalarning o‘zaro ta’sirini aniqlashga qaratilgan. Ushbu mavzu hodisalar o‘rtasidagi miqdoriy bog‘liqlikni o‘rganish orqali, ular orasidagi sabab-oqibat munosabatlarini tushunish imkonini beradi. Statistika usullari, xususan, korrelyatsiya va regression tahlil, dispersiya tahlili, variatsion tahlil vositasida hodisalarning o‘zaro aloqadorligi va ular o‘rtasidagi munosabatlarning kuchi baholanadi.

Mazkur mavzu nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi kabi turli sohalarda samarali qo‘llaniladi. Bu o‘rganishlar orqali qaror qabul qilish jarayonlarini ilmiy asosda tashkil qilish, resurslardan samarali foydalanish va rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish mumkin bo‘ladi.

Shu sababli, statistik bog‘lanishlarni o‘rganish fan va amaliyotdagi dolzarb muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega.

Files

228-231.pdf

Files (349.1 kB)

Name Size Download all
md5:a1c01b4f6fbb13d274e58917fc4553bd
349.1 kB Preview Download