ABDULLA QAHHORNING "MING BIR JON" HIKOYASI TAHLILIDA FALSAFIY VA MILLIY ASOSNING OʻRNI
Authors/Creators
Description
Abdulla Qahhorning “Ming bir jon” hikoyasi o‘zbek adabiyotining yorqin asarlaridan biri bo‘lib, unda xalqning hayoti, milliy urf-odatlari va falsafiy g‘oyalarning uyg‘unligi aks etadi. Hikoya insonning bardoshliligi, hayot uchun kurashi va qiyinchiliklarga qarshi iroda bilan turish kabi umumbashariy falsafiy mavzularni yoritadi. Shu bilan birga, milliy asoslar orqali o‘zbek xalqining turmush tarzi, urf-odatlari va ijtimoiy hayoti o‘ziga xos mahorat bilan tasvirlangan.Asarda kambag‘allar hayoti va sinfiy tengsizlik masalalari keskin ko‘tarilgan bo‘lib, ularning sharoitga moslashishi va kurashchanligi inson ruhining qudratini ifodalaydi.