AHMAD LUTFIY QOZONCHINING "OʻGAY ONA" ASARIDAGI FOTIMA OBRAZINING OʻZBEK AYOLLARIGA XOS BOʻLGAN FAZILATLARI
Authors/Creators
Description
Ahmad Lutfiy Qozonchining “Oʻgay ona” asari oʻzbek adabiyotining eng taʼsirli va mazmunli asarlaridan biri boʻlib, unda oʻzbek ayollariga xos boʻlgan yuksak axloqiy fazilatlar, sabr-toqat, oila mustahkamligiga boʻlgan mehr va fidoiylik timsoli sifatda Fotima obraziga alohida eʼtibor qaratilgan. Bu obraz orqali yozuvchi nafaqat oʻzbek ayoling oʻziga xos hislatlarini aks ettiradi, balki ayolning jamiyat va oila uchun naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini ham koʻrsatadi.Mazkur maqolada farzandlari baxt-u kamoli uchun jon fido etgan Fotima obrazida olgan taassurotlarimiz bayon etilgan.