SUG'URTA TASHKILOTLARI MOLIYAVIY RESURSLARINI JOYLASHTIRISH USTIDAN DAVLAT NAZORATINING USLUBIYOTI
Authors/Creators
Description
Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy resurslarini joylashtirish sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha xalqaro amaliyotda keng qamrovli tadqiqotlar amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu tadqiqotlar sug‘urta tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishga va samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, bu dunyo amaliyotida ikki xil yondashuvni o‘z ichiga oladi. Birinchisi Yevropacha yondashuv bo‘lib, ushbu yondashuv sug‘urta faoliyati investitsiya faoliyatini hisobga olmagan holda daromadli natijaga erishish shart ekanligini ko‘zda tutsa, ikkinchisi Amerikacha yondashuv bo‘lib, ushbu yondashuvda sug‘urta faoliyatidan zarar ko‘rgan taqdirda ham investitsiya faoliyatidan olgan daromadlari hisobidan faoliyat ko‘rsatishi mumkinligini ko‘zda tutadi. Lekin bugungi kunda xalqaro amaliyotda sug‘urta tashkilotlarini moliyaviy resurslarini joylashtirish samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlarni olib borish asosiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.Ushbu tadqiqot natijalari sug’urta tashkilotlar ixtiyorida katta miqdordagi moliyaviy resurslarni shakllanishiga hamda sug’urtalovchilarning investitsiyon jarayonlarda ishtirok etishi uchun imkoniyat beradi.
Files
Мақола Кенжаев.pdf
Additional details
Dates
- Available
-
2024-11-22