Published November 19, 2024 | Version v1

«DEVONU LUG'ATI-T-TURK» MATNIDAGI HARAKAT BELGILARI VA TURKIY SO'ZLARNING O'QILISHI MASALASI

Description

Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘ati-t-turk» asarining qo‘lyozmasida ayrim o‘rinlarda muayyan harf ustiga va ostiga biryo‘la ikki harakat belgisi: fatḥa va kasra yoki ḍamma va kasra qo‘yib ketilgan. Bugina emas, bir so‘zning o‘zi biryo‘la ikki xil harf bilan ham yozilgan o‘rinlar ham bor. Harfiy ishoratlarning bunday tarzda qo‘yib ketilgani, bir so‘zning ikki xil yozilgani bejiz emas. Ushbu so‘zlar eski turkiy tilda ikki xil talaffuz qilingan; lug‘atchi so‘zning yozma adabiy tildagi ko‘rinishi bilan bir qatorda, uning boshqa bir talaffuzi, shevalardagi fonetik variantini ham ko‘zda tutgan.

Ushbu maqolada lingvistik lug‘atlarda ikki xil harakat belgilari va harflarning biryo‘la qo‘sha qollanishiga tayanib, ularning fonetik vazifasi, eski turkiy so‘zlarning o‘qilishi va fonetik transformatsiya masalalari to‘grisida fikr yuritiladi.

Files

132 Qosimjon Sodiqov 963-975.pdf

Files (978.0 kB)

Name Size
md5:8b1ee3d4ced5c92eec5949d1ab3d0716
978.0 kB Preview Download