ENDOKRIN OFTALMOPATIYADA KO'Z OLMASINING MORFOMETRIK KO'RSATKICHLARINI BAHOLASH
Authors/Creators
- 1. Toshkent tibbiyot akademiyasi Odam anatomiyasi va OXTA kafedrasi doktoranti. Toshkent. O'zbekiston.
Description
Endokrin oftalmopatiya (sinonimlari: tireoid oftalmopatiya, Greyves orbitopatiyasi) o’z ichiga orbita yumshoq to’qimalaridagi patologik o’zgarishlar va bir nechta mustaqil klinik simptomlardan tashqari distireoid neyrooptikopatiya ya’ni ko’ruv nervidagi o’zgarishlarni ham qamrab oluvchi murakkab tushuncha hisoblanadi [1,3]. Bugungi kunga kelib endokrin oftalmopatologiyalarning, xususan tireotoksikoz kasalligining ko‘z olmasi qavatlarida yuzaga keltiruvchi o‘zgarishlarni baholash uchun noinvaziv, kontaksiz diagnostik metodlarga ehtiyoj ortib bormoqda [5,6,8]. Buning uchun maxsus kontaksiz skanerlovchi apparat yordamida ko‘z olmasi qavatlarini optik biopsiyasini 3D formatda shakllantiruvchi zamonaviy diagnostik apparatlar yaratilmoqda [2,4,7]. OKT- optik kogerent tomografiya usuli orqali ko‘z olmasining qon tomirli qavati, to’r parda va ko’ruv nervi diskidagi morfologik o‘zgarishlarni erta tashxislash imkoniyati mavjud [9,10]. Mazkur tadqiqot davomida tireotoksikoz fonidagi endokrin oftalmopatiya (EOP) tashxisli 72 nafar bemorlarda ko’z olmasining qon tomirli qavati (xoriodea), ko’ruv nervi diski va retinal nerv tolalar qavatining holatini optik kogerent tomografiya (OKT) tekshiruvi natijalari asosida tahlil qilindi.
Files
155-157 Sarvarxon Akmaljon o‘g‘li Yuldashov.pdf
Additional details
References
- 1. Ozturk, B. T., Kerimoglu, H., Dikbas, O., Pekel, H., & Gonen, M. S. (2009). Ocular changes in primary hypothyroidism. BMC Research Notes, 2(1), 266. https://doi.org/10.1186/1756-0500-2-266
- 2. Бровкина А.Ф. Эндокринная офтальмопатия. –М.:ГЕОТАР-Медиа, 2008.-184 с. (in Russ)
- 3. Лихванцева В.Г., Трубилин В.Н., Коростелёва Е.В., Капкова С.Г., Выгодин В.А. Морфометрические показатели сетчатки при первичном гипотиреозе и первичном тиреотоксикозе. Офтальмология. 2022;19(1):133-140. https://doi.org/10.18008/1816-5095-2022-1-133-140 (in Russ)
- 4. Ткачук В.А. Введение в молекулярную эндокринолигию. М.: МГУ, 1983. (in Russ)
- 5. Шпак А.А. Спектральная оптическая томогрфия высокого разрешения. Атлас. –М.:Медицина,2011.-44с. (in Russ)