Published October 18, 2024 | Version v1

IKKILAMCHI KATARAKTANI DAVOLASHDA YAG-LAZER FIBRINOTOMIYA USULINI SAMARADORLIGINI BAHOLASH

  • 1. Toshkent tibbiyot akademiyasi Odam anatomiyasi va OXTA kafedrasi doktoranti. Toshkent. O'zbekiston.
  • 2. Respublika ixtisoslashtirilgan ko'z mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy tibbiyot markazi ordinatori

Description

So’nggi yillarda katarakta jarrohligi “in office” ya’ni ambulator amalga oshiriladigan operatsiya turiga aylandi, buning asosiy sabablari operatsion texnik jihozlarning va intraokulyar linza (IOL)larning yangi modellari yaratilishi hisoblanadi [1,3]. Natijada kataraktani fakoemulsifikatsiya (FEK) davolash metodida inter- va postopertiv asoratlar soni sezilarli darajada kamayishiga erishildi. Ayniqsa, akril tarkibli gidrofob intraokulyar linza (IOL) turidan foydalanish orqali ikkilamchi katarakta rivojlanish xavfini sezilarli kamayishi kuzatilgan. Buning asosiy sababi akrilli gidrofob IOL gavrning orqa kapsulasiga nisbatan to’liq yopishadi va epiteliy hujayralarining periferiyadan makazga migratsiyasiga to’sqinlik qilishi hisoblanadi. Lekin, katarakta ekstraktsiyasidan keyingi davrlarda gavharning orqa kapsulasi fibrozi yoki ikkilamchi kataraktani rivojlanishi tufayli bemorlarning ko’rish darajasida yana pasayish klinik amaliyotda 50%-60% holatlarda kuzatilmoqda. Bu turdagi asoratni davolashning eng samarali usuli YAG-lazerli dissiziyasi hisoblanadi, shuningdek, amaliyotda bu usulni lazerli fotodestruktsiya (LFD), YAG-lazerli kapsulotomiya atamalari ham sinonim sifatida ishlatiladi [2,6]. Nd:YAG-lazer fibrinotomiya muolajasi yuqori samaradorlikka (90%<) ega bo’lgan og’riqsiz, noinvaziv metod bo’lishiga qaramay lazerli kapsulotomiya muolajasi bilan bog’liq bir nechta jiddiy asoratlar, masalan: shox pardaning endotelial-epitelial distrofiyasi, oftalmogipertenziya rivojlanishi, makulyar shish va to’r parda ko’chishi kuzatilishi mumkinligi bu metodning asosiy kamchiligi hisoblanadi [5,8,9].

Files

94-96 (2).pdf

Files (655.0 kB)

Name Size Download all
md5:32c053235593ad8d856b3f5494a1ac46
655.0 kB Preview Download