THE EFFECT OF THE USE OF BIO-ORGANO-MINERAL FERTILIZERS ON SOIL FERTILITY IN THE CONDITIONS OF TYPICAL GRAY SOILS"
Description
Bugungi kunda jahonda soya ishlab chiqarishning o‘sishi ekin maydonlarining ko‘payishi va hosildorlikning oshishi hisobiga taʼminlanib, so‘nggi o‘n yil ichida ekilgan soya maydonining o‘rtacha yillik o‘sish surʼati 1,7 foizni tashkil qilmoqda.
“Shundan har gektardan olinadigan soya hosildorligi 1,0 foizga ko‘tarilib, o‘rtacha hosildorlik gektaridan 28 sentnerni tashkil etgan” Shu bilan birga turli tuproq sharoitida soya navlarini joylashtirish, hosildorligi hamda don sifatini jumladan oqsil miqdori, moylilik darajasini oshirishda agrotexnologiya elementlarini ishlab chiqish va tuproq unumdorligini saqlash hamda oshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borilmoqda.
Respublikaning unumdorligi past bo‘lgan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida, soya ekinini asosiy ekin sifatida yetishtirish, donning oqsil miqdorini, moylilik darajasini oshirishda bio-organo-mineral o‘g‘itlarni qo‘llash, tuproqlarni agroekalogik holatlarini yaxshilash hamda agrotexnologiyalarini ishlab chiqqan holda ishlab chiqarish sanoatida keng joriy etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Files
249-252.pdf
Files
(345.6 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:452dd5e8ed66a18665d8e790ae76beb2
|
345.6 kB | Preview Download |