MILLIY TARAQQIYOT STRATEGIYASI: O'ZBEKISTONDA KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI VA XALQARO TAJRIBALAR TAHLILI
Description
Tadqiqot mavzusi va maqsadi: ushbu tadqiqotning asosiy mavzusi O‘zbekistonning milliy taraqqiyot strategiyasi doirasida kambag‘allikni qisqartirish masalalarini o‘rganish va xalqaro tajribalarni tahlil qilishdir. Tadqiqotning maqsadi – O‘zbekistonda kambag‘allik darajasini kamaytirish bo‘yicha samarali strategiyalarni ishlab chiqish hamda ularni xalqaro tajribalar bilan solishtirish orqali takomillashtirish imkoniyatlarini aniqlash. Tadqiqotda ko‘rib chiqilayotgan asosiy muammo – O‘zbekistonda kambag‘allik darajasining yuqoriligi va uni qisqartirishda mavjud milliy strategiyalarning samaradorligi. Shu bilan birga, mamlakatdagi kambag‘allikni kamaytirish yo‘llarini xalqaro tajribalar asosida qanday takomillashtirish mumkinligi asosiy savol sifatida ko‘tarilgan. Tadqiqotda sifatli va miqdoriy metodlar kombinatsiyasi qo‘llanilgan. Asosan, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni solishtirish, hamda xalqaro mamlakatlarning kambag‘allikni kamaytirish strategiyalarini o‘rganish uchun komparativ tahlil metodlari ishlatilgan. Shuningdek, intervyu va ekspert fikrlarini yig‘ish orqali empirik ma’lumotlar to‘plangan. Praktik tavsiyalar sifatida, hukumatga kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategik rejalarni ishlab chiqishda xalqaro tajribalarni chuqurroq tahlil qilish, mahalliy sharoitlarga moslashtirish va samarali amalga oshirish mexanizmlarini yaratish tavsiya etiladi. Nazariy jihatdan esa, tadqiqot milliy va xalqaro taraqqiyot strategiyalarini integratsiyalash yo‘llarini ko‘rsatadi.
Files
3.pdf
Files
(339.3 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:08dfc2937797713d5fc94bcac3af03c7
|
339.3 kB | Preview Download |
Additional details
References
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.06.2018 yildagi PF-5466-sonli "Yoshlar — kelajagimiz" Davlat dasturi to'g'risidagi farmoni. https://lex.uz/docs/-3826820
- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/living-standards-2#:~:text=Aholi%20daromadlarining%20notekis%20taqsimlanishi%20(Jini%20koeffitsienti)
- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/living-standards-2#:~:text=Aholi%20daromadlarining%20notekis%20taqsimlanishi%20(Jini%20koeffitsienti)
- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari. https://stat.uz/uz/rasmiy statistika/investments#:~:text=Asosiy%20kapitalga%20investitsiyalarning%20o%E2%80%98sish%20sur%E2%80%98ati%20(yillik)
- China's Uniquely Effective Approach to Poverty Alleviation. China's Uniquely Effective Approach to Poverty Alleviation (scirp.org)
- South Korea poverty reduction. https://borgenproject.org/south-korea-poverty-reduction/ - :~:text=Poverty%20reduction%20in%20South%20Korea%20follows%20a%20model%20known%20as,to%20the%20same%20case%20study.
- Mexico poverty reduction. https://weall.org/resource/mexico-poverty-reduction - :~:text=Share%3A,in%20human%20capital%20through%20PROGRESA.