QANDLI DIABET KASALLIGI VA UNING DAVOLASH USULLARI
Authors/Creators
- 1. Erkin izlanuvchi
- 2. CAMU DI talabasi
Description
Qand kasalligi dunyoda keng tarqalgan va yosharib borayotgan kasalliklardan biri bo’lib,xalq tabiblari orasida “shirin kasal” deb yuritiladi. Kasallik boshlanish davrida yengil bo’lib ,tez fursatlar ichida og’irlashadi.Qand kasalligi paydo bo’lishiga oshqozon osti bezining faoliyati buzilishi natijasida insulin moddasini ishlab chiqarilishini kamayishi yoki umuman ishlab chiqarilmasligi sabab bo’ladi. Uning qo’shimcha sabablari deb, odam organizmida issiqlikning yilma-yil to’planishi, ya’ni iste’mol qilingan oziq-ovqat quvvatining ma’lum qismi ishlatilmay qolishini aytish mumkin. Shunga ko’ra ,qonda va siydikda qand miqdori oshib ketadi,uni muvozanatga keltirish uchun bemorga insulin yuboriladi.Biroq bu usul noilojlikdan qilinadigan sun’iy tadbir hisoblanadi.Bu kasallikda bemor organizmida quyidagi o’zgarishlar kechadi: og’zi quriydi,ko’p suv ichadi, boshi og’riydi,asabiylashadi, yuragida og’riq paydo bo’ladi,ko’zi xiralashadi, badanida chumoli yurganday bo’ladi oyog’i og’riydi.
Files
12-14 Isomiddinova N.pdf
Additional details
References
- 1. Abu Ali ibn Sino "Tib qonunlari" asari
- 2. I.R.Asqarov "Tabobat qomusi" asari
- 3. Abdulaziz Saidnuriddin o'g'li "O'zbek xalq tabobatidan" asari 1,2,3-qismlar
- 4. Internet sahifalari.