Published July 13, 2024 | Version v1
Model Open

XORIJIY SAYYOHLAR UCHUN XOS EKSKURSIYALAR VA MADANIY BOG'LIQLIKLARGA E'TIBOR

Description

Muzeylar har bir xalqning madaniy, ma’naviy va tabiiy yodgorliklarini saqlash hamda namoyish etishdan tashqari xorijlik sayyohlar uchun mahalliy madaniyat haqida ma’lumot beruvchi muassasa vazifasini ham bajaradi. Ko‘plab muzey ashyolari qadimdan davom etib kelayotgan xalqaro savdo va madaniy aloqalar mavjudligini tasdiqlar ekan, bu borada qaysi davrda qaysi xalqlar bilan hamkorlik keng yo‘lga qo‘yilganini ilmiy tadqiqotlar natijasida aniqlash mumkin. Ushbu maqolada esa, xalqlararo madaniy aloqalar tadqiqi haqida emas, balki har bir millat vakili uchun o‘zaro shakllangan madaniy aloqalarni muzey eksponatlari misolida bayon etish haqida fikr yuritiladi. Bu orqali ikki xalq o‘rtasida do‘stona rishtalarni mustahkamlashga tarixiy asoslar mavjudligi ko‘rsatiladi. Ayniqsa, xorijiy martabali shaxslar tashrif buyurganda ularning tarixidagi biz bilan bog‘liq hamkorlik munosabatlarini ko‘rsatishga ehtiyoj tug‘iladi. Shu sababli mazkur maqolada ekskursiyalarni tashkil etishda xorijlik tashrifchilarning madaniy yaqinligiga e’tibor qaratishning ahamiyati haqida fikr yuritilib, ular uchun xos ekskursiya tashkil etishning chora-tadbirlari haqida ma’lumot beriladi.

Files

Yunusov Komiljon Alimdjanovich.pdf

Files (863.4 kB)

Name Size
md5:ccdcd4264b9fb1c9642558d0ad7518d2
863.4 kB Preview Download