Published June 4, 2024 | Version v1

ALISHER NAVOIYNING TARJIMONLIK MAHORATI (Nazm ul-javohir asari misolida)

Authors/Creators

Description

Hozirda yurtimizda ajdodlarimizdan qolgan adabiy-tarixiy boy me-rosni, qo‘lyozma manbalarini ko‘rib o‘rganib chiqishda anchagina salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Alisher Navoiyning “Nazm ul-javohir deb atalgan to‘rtlik she’rlar to‘plamining sarlavhasini “She’r durdonalari” yoki “She’riy durdonalar” deyilsa bo‘ladi. Bu to‘rtliklar Hazrat Alining rivoyati bilan aytilgan va she’rga solingan payg‘ambar (s.a.v.) hadislari - hikmatli so‘zlariga bag‘ishlangan. Alisher Navoiy Hazrat Alining tilshunoslik, adabiy mahoratiga yuksak baho bergan. U o‘zining “Mahbubul-qulub” (“Ko‘ngillarning sevgani”) asarida nazm ahli to‘g‘risida so‘z yuritganda birinchi tabaqada Hazrati Alini tilga olgan. Navoiyning ushbu asari boshdan oyoq ta’lim-tarbiyaga doir. “Nazmul-javohir”da Navoiy elu yurt hayoti tajribasidan kelib chiqqan xulosa va umumlashmalari orqali ezgulik, insoniylik, adolat, odob axloq g‘oyalarini keng targ‘ib etadi. Kishilarni ma’naviy yuksaklikka ko‘tarishga harakat qiladi, moddiy va ma’naviy uyg‘unlik qanday bo‘lmog‘i kerakligi to‘g‘risida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi.

Files

филология-60-69.pdf

Files (542.9 kB)

Name Size Download all
md5:1852733bba99d4d09ec0a39e70fca01e
542.9 kB Preview Download