BUXORO AMIRLIGIDA TA'LIM TIZIMI
Authors/Creators
Description
O‘rta Osiyo tarixida Buxoro amirligi o‘zining maktab va madrasalari soni ko‘pligi bilan alohida o‘rinni egallagan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Buxoro amirlikning poytaxti bo‘lib qolmaygina u jahon tarixida “Buxoroi sharif” kabi nomlar bilan manbalarda uchraydi. Arablar bosqinidan so‘ng islom dining kirib kelishi, Buxoroning sekin astalik bilan O‘rta Osiyoda islom olamining markaziga aylantira bordi. Buxoroda ko‘plab maktablar, masjid-u madrasalar ochila boshladi. Buxoro madrasalarida dunyoviy ilmlar bilan bir qatorda diniy bilimlar ham berila boshladi. Bular tafsir (Qur’on sharhlari), hadis, fiqh kabi sohalardir. Buxoro ilm-ma’rifat tarqatish bilan bir qatorda mamlakatning siyosiy boshqaruvida ham muhum o‘rin egallar edi. Shaharda tasvvuf pirlari, shayxlari faoliyat yurgizar va orqalaridan ergashuvchi muridlari bilan birgalikda komillikka erishish, allohga do‘st bo‘lish va yaqinlashishning so‘fiylik usullari orqali xalqni islom shariat ahkomlaridan xabardor qilib turar edilar. “Tarix-i jahongushoy” kitobida [1, B. 19] shunday yozilgan: “Buxoro qubbat ul-islomning sharq o‘lkalaridan biri hisoblanadi. Madinyat ul-islom martabasidadir. Unga tutash yerlar fuqaro va Ulamo nuri ravshanligi ila orastadur [1, B. 19].
Files
1.180.pdf
Files
(162.7 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:33fa38c388a69f51a26a49c71b6b282e
|
162.7 kB | Preview Download |