TIBBIYOTDA FIZIKA FANINING O'RNI VA AXAMIYATI
Authors/Creators
Description
Fizika faninig ahamiyati va klinik fanlar bilan bogʼliqligini tahlil qilganda, tibbiyotda foydalaniladigan materiallarning, asbob-uskunalar, apparatlar va biologik sistemalarning fizik xossalari toʼgʼrisida aytib oʼtish lozim. Tibbiyotda ishlatiladigan turli elektrodlar, protezlar, jumladan eshitish protezlari tayyorlash uchun ularning muxanik mustahkamligi, yuklanishlarga chidamliligi, elastikligi, elektir oʼtkazuvchanligi toʼgʼrisida maʼlumotga ega boʼlish muhimdir. Shifokor oʼzining amaliy faoliyati jarayonida doimo miqdoriy koʼrsatkichlar bilan bogʼlanib ish koʼradi. Shuning uchun bu koʼrsatkichlarning aniqlik darajasi, ular qanday oʼlchov birliklarda ifodalanganligini bilishi shart. Аniqlangan usullar statistik yordamida tahlil qilinadi va jarayonlar toʼgʼrisida obʼektiv maʼlumot olinadi. Bu borada kompьyuter texnologiyalaridan foydalanish kasallikga tashhis qoʼyishda, davolash effektivligini oshirishda oʼzining samarasini bermoqda. Shunday qilib, fizika fanini tibbiyotning fundamenti deb tasavvur etish mumkin. Haqiqatda, tirik organizmning faoliyati - bu fizik-kimyoviy jarayonlardan iborat boʼlib uning tarkibiy qismi boʼlgan integratsiya birlamchi ahamiyatga egadir. Bugungi kunda integratsiya odamning ilmiy fikrlash va dunyo qarashini aniqlaydi. Oʼquv jarayoniga integratsiyani kiritish muhim yoʼnalish boʼlib, aktual hisoblanadi. Shuning uchun fizika, biofizika fanlarini otorinolaringologiya yoʼnalishi bilan birga oʼrganish maqsad qilib olindi.
Files
4.23.pdf
Files
(258.5 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:b14530cbf338725ead124c2f8bb7fa21
|
258.5 kB | Preview Download |