Published February 5, 2024 | Version v1

TIBBIYOT UNIVERSITETLARIDA BIOKIMYO DARSLARIDA KEYS- TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Description

Ushbu maqolada biokimyo fani o'qitishning zamonaviy usullaridan biri haqida so’z yuritilgan. Ko'pgina biologik jarayonlar o'ziga xos murakkablik bilan ajralib turadi. Keys- texnologiyalar talaba  ongida biologik jarayonlarning yaxlit tasvirining shakllanish imkonini beradi. Kelajakdagi shifokorni tayyorlashning asosiy fanlaridan biri bu biokimyo [1]. Ushbu mavzu hayotning asosiy, molekulyar darajadagi har qanday namoyon bo'lishini o'z ichiga olgan keng ilmiy sohani qamrab oladi; oliy tibbiy ta'lim tizimida biokimyo tirik organizmlarni tashkil etuvchi moddalarning kimyoviy tabiati, ularning o'zgarishi, shuningdek, bu o'zgarishlarning hujayralar, to'qimalar va umuman organizm faoliyati bilan bog'liqligi to'g'risida tasavvur hosil qiladi [2].

Files

Narzullayeva Iroda Uktam qizi.pdf

Files (601.4 kB)

Name Size
md5:26918aa5a452b052ea619392d92c31f2
601.4 kB Preview Download