POLIZ EKINLARI MEVALARINING ISHLATILISHI
Authors/Creators
Description
Qovun va tarvuz mevalarining koʻp qismi yangiligicha iste’mol qilinadi. Shu bilan birga, ulardan oziq-ovqat sanoatida qayta ishlash uchun ham foydalaniladi.
Tarvuz suvini bugʻlantirib, tarvuz asali (shinni - nardek) olinadi. Unda 65 foiz miqdorida qand va 0,3 foiz miqdorida temir moddasi boʻladi. Tarvuz qayta ishlanganida undan chiqadigan asal, ya’ni shinni massasining 6-7 foizini tashkil etadi. Tarvuzni qayta ishlab, har xil qandolat mahsulotlari tayyorlash keng yoʻlga qoʻyilgan. Tarvuz poʻchogʻidan sukatlar, murabbo, pastila tayyorlansa, tarvuz etidan patoka, marmelad, konfetlar, djem va boshqalar tayyorlanadi. Tarvuz suvi qimmatli tabiiy mahsulotdir.