Published December 11, 2023 | Version v1

KOGNITIV PEDAGOGIKAGA OID NAZARIY YONDASHUVLAR

Authors/Creators

Description

Ushbu monografiyada kognitiv pedagogika, uning tadqiqot ob'ekti va predmeti, asosiy yo'nalishlari, o'ziga xos xususiyatlari o'rganilayotgan muammolarning ko'lami haqida fikr yuritilgan. Kognitiv pedagogika doirasida o'quvchi hamda talabalarni madaniy, ma'naviy, aqliy intellektual, axloqiy jihatdan rivojlantirish imkoniyatlari haqidagi qarashlar, yondashuvlar bayon qilingan. Ma'lumki kognitiv pedagogika pedagogika fanining nisbatan yangi tarmog'i bo'lib, ta'lim oluvchilarning bilish strukturasi va instrumentariysi hamda bilish faolligini ta'minlash metodologiyasi, ushbu yo'nalishdagi pedagogik jarayonlarni takomillashtirishning nazariy-amaliy asoslarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Insonning fikrlash instrumentini faollashtirish asosida ta'lim oluvchilarning mantiqiy, mustaqil, tanqidiy va kreativ fikrlash faoliyatini bosqichma bosqich rivojlantirish, ularning bilish instrumentlarini faollashtirishda ajdodlarimiz tomonidan asoslangan aqliy tarbiya konsepsiyasiga tayanish imkoniyatlari haqidagi nazariy yondashuvlar ta'limiy fikrlar bayon qilingan. Shuningdek, shaxs fikrlash faoliyatining pedagogik, didaktik xususiyatlari ochib berilgan. Shunga ko'ra ushbu monografiya ilmiy pedagogik jamoatchilik, professoro'qituvchilar, dastur va darsliklarning mualliflari, pedagogika nazariyotchilari, talabalar, o'qituvchilar va yosh tadqiqotchilar uchun muhim metodik manba bo'lib xizmat qiladi. 

Abstract (English)

The monograph discusses cognitive pedagogy, its object and subject of research, main directions, features, and range of problems studied. Within the framework of cognitive pedagogy, views and approaches are outlined about the possibilities of cultural, spiritual, mental-intellectual, moral development of students. It is known that cognitive pedagogy is a relatively new branch of the science of pedagogy, which is engaged in the development of theoretical and practical foundations for improving the cognitive structure and tools of students, as well as a methodology for ensuring cognitive activity and pedagogical processes in this direction. Theoretical approaches and educational views on the gradual development of logical, independent, critical and creative thinking of students based on the activation of the human thinking tool, on the possibility of relying on the concept of mental education, justified by our ancestors, when activating their cognitive tool are outlined. The pedagogical and didactic features of the individual's thinking are also revealed. Accordingly, this monograph serves as a guide for the scientific and pedagogical community, teachers-professors, authors of programs and textbooks, pedagogical theorists, students, teachers and young researchers.

Abstract (Russian)

В монографии обсуждаются когнитивная педагогика, ее объект и предмет исследования, основные направления, особенности, круг изучаемых проблем. В рамках когнитивной педагогики изложены взгляды и подходы о возможностях культурного, духовного, умственно-интеллектуального, нравственного развития учащихся и студентов. Известно, что когнитивная педагогика – сравнительно новая отрасль науки педагогики, занимающаяся разработкой теоретических и практических основ совершенствования познавательной структуры и инструментария обучающихся, а также методологии обеспечения познавательной активности, педагогических процессов в этом направлении. Изложены теоретические подходы, образовательные взгляды на поэтапное развитие логического, самостоятельного, критического и креативного мышления обучающихся на основе активации инструмента мышления человека, на возможности опоры на концепцию умственного воспитания, обоснованную нашими предками, при активации их познавательного инструмента. Также раскрываются педагогические и дидактические особенности мышления личности. Соответственно, данная монография служит руководством для научнопедагогической общественности, преподавателей-профессоров, авторов программ и учебников, теоретиков педагогики, студентов, учителей и молодых исследователей.

Files

R.G.Safarova. Kognitiv pedagogikaga oid nazariy yondashuvlar..pdf

Files (1.4 MB)