Published November 11, 2023 | Version v1

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNAT XODIMLARINI BAHOLASH ORQALI SIFAT SAMARADORLIGINI ANIQLASH

Authors/Creators

Description

O'zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirish va ilg'or innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish sharoitida boshqaruvning murakkab jarayonlarini mikrodarajaga olib tushish shakllanayotgan boshqaruv tizimini tashkil qilishdagi barcha elementlarni mos holga keltirishni talab qiladi. Shuning uchun tashkilot faoliyatini baholashning yangi usul va shakllarini, shu jumladan, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida ham mehnat munosabatlari va ko'rsatkichlarini tahlil qilishning yangi usullarini ishlab chiqishga ehtiyoj paydo bo'lmoqda. Hozirgi o'ta globallashgan zamonda kadrlarning noto'g'ri tanlanishi o'z navbatida ta'lim muassasalri uchun ko'p yo'qotishlarga sabab bo'ladi. Ta'lim muassasasi rahbari  yoki bevosita kadrlar (personal) bilan ishlovchi mutaxassisning kadrlarni tanlashda e'tiborga olishi muhim bo'lgan jihat - insonning avval nima qilganini emas, balki endi nima qila olishi mumkinligini bila olishdir. Shu ma'noda, kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish, boshqarish va salohiyatidan unumli foydalanish jarayonida jahonning turli mamlakatlarida amaliyotda qo'llab kelinayotgan texnologiyalarni tadqiq etib, ulardan alohida ta'lim ehtiyoji bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida foydalanish yo'nalishlarini o'rganish dolzarb masala bo'lib qolmoqda. 

Files

P-6.pdf

Files (464.1 kB)

Name Size
md5:5186559d1c291269dd1d4c73fca6a3f8
464.1 kB Preview Download