Published October 10, 2023 | Version v1

EKMA KASHNICH (CORIANDRUM SATIVUM L.) O'SIMLIGINING DALA SHAROITIDA UNUVCHANLIGINI ANIQLASH

Description

Ushbu maqolada, ekma kashnich (Coriandrum sativum L.) o’simligining xalq xo’jaligidagi ahamiyati, morfologiyasi, uni yetishtirishning ahamiyati bo’yicha o’rganilgan adabiyotlar tahlili va shu bilan birgalikda dala sharoitida Respublikamiz hududida ekish uchun rayonlashtirilgan va Davlat reestriga kiritilgan ekma kashnichning “Orzu” va “Yantar” navlarining dala sharoitida unuvchanlik darajasi (% hisobida) bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari keltirib o’tilgan. Tadqiqot natijalariga ko’ra, 19.04.2023 dan 01.05.2023 gacha olib borilgan fenologik kuztuvlarda I variant III takrorda ekilgan va II variant I takrorda ekilgan “Orzu” navlarida unuvchanlik darajasi yuqori ekanligini ya’ni 93.0 % ni tashkil etganini kuzatilgan bo’lsa, andoza nav sifatida tanlab olingan “Yantar” navida esa unuvchanlik darajasi orzu naviga nisbatan past ekanligi kuzatildi, ya’ni bunda eng yuqori dala unuvchanligi I variant III takrorda 86.0% ni tashkil etdi.

Files

526-535.pdf

Files (891.6 kB)

Name Size
md5:36a3d6d20c37cc0141b9c53723be2d6d
891.6 kB Preview Download