MAKAZIY OSIYONING RIVOJLANISHIDA TURKIYA YUMSHOQ KUCH DIPLOMATIYASINING ROLI
Description
Ravshanov Suhrobbek Gʻayrat o‘g‘li O’zMU, “Siyosat nazaryasi va falsafasi:siyosiy talimotlar tarixi va metodologiyasi” mutaxassisligi bo’yicha tayanch doktoranti E-mail:suhrobbekravshanov03@gmail.com Ilmiy rahbar: s.f.d.,dotsent Boʻtayev U.X. “Fuqorolik jamiyati va huquq ta’limi” kafedrasi mudiri https://doi.org/10.5281/zenodo.8372524 Annotatsiya: Maqola Markaziy Osiyoning taraqqiyotida Turkiya “yumshoq kuch” diplomatiyasining amaliy ahamiyatini ko’rsatib beradi. Shu bilan birgalikda Turkiya tashqi siyosatining o’ziga xos jihatlari paradegmalari, mexanizmlari, “yumshoq kuch” vositalari va tashqi siyosiy yo’nalishlarini tahlil qiladi. Markaziy Osiyodagi boshqa faol geosiyosiy aktirlardan farqli o’laroq Turkiya mintaqada “yumshoq kuch” siyosatini olib borish uchun moliyaviy resurslarga ega emas. Biroq keyingi yillarda uning turkiy zabon xalqlarga til va etno madaniy yaqinligi asosiy omil hisoblanadi. Turkiyaga nisbatan mintaqa davlatlarining munosabatida “ishonchli hamkor” g’oyasini yuzaga kelganligini ko’rsatib beradi. Turkiyaning “yumshoq kuch” diplomatiyasi Markaziy Osiyodagi o’zining emidjini kuchaytirishga va shakillantirishga qaratgan. Bu asosan madaniy va gumanitar sohada yaqqol ko’zga tashalanadi. Turkiya turli xil yo’llar va vositalar bilan ijtimoiy va iqtisodiy sohaga kirishga urinmoqda.