Published September 22, 2023 | Version v1
Journal article Open

FUZARIOZ SO'LISH KASALLIGINI QO'ZG'ATUVCHISI BILAN ZARARLANTIRILGAN URUG'LIK CHIGITLARNING EKISH SIFATIGA ORGANIK ASOSLI STIMULYATORLARNING TA'SIRI

Description

Ushbu maqolada g‘o‘zaning Buxoro-10 navining urug‘lik chigitlari va ular ekiladigan tuproq fuzarioz vilt kasalligini qo‘zg‘atuvchi F.oxysporum zamburug‘lari bilan zararlantirilganligi hamda zararlangan urug‘lik chigitlar ekish oldidan organik asosli stimulyatorlar (Uzbiogumin, Maltamin, Marvarid, Regoplant) bilan ishlov berilib ekilganida chigitlarning unish quvvati va unuvchanligiga ko‘rsatgan ta’siri bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Urug‘lik chigitlarning unish quvvati va unuvchanligi mos holda nazorat variantida 88,0 va 90,0%, Uzbiogumin 1,0 l/t da 92,0 va 92,4%, Maltamin 0,2 l/t da 98,0 va 98,0%, Marvarid 0,5 l/t da 92,0 va 94,0% hamda Regoplant 250 ml/t variantida 94,0 va 94,0% ni tashkil etganligi aniqlangan.

Files

M-165.pdf

Files (276.6 kB)

Name Size Download all
md5:64f5b3dc012db90c45dcc92b28c01331
276.6 kB Preview Download