INDENNING XLORLI BIRIKMALARINI OLISH VA ULARNING XROMATOGRAFIK (GX–MS) TAHLILI HAMDA BIOLOGIK FAOLLIK KO`RSATKICHLARI
Authors/Creators
Description
Og’ir piroliz moyidan ajratib olingan dastlabki fraksiyasi – tarkibida 14% dan ortiq inden bo’lgan “boyitilgan” fraksiyadan quyosh nuri ostida oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari (MnO2 va HCl) asosida olingan (kons. H2SO4 suv bug’laridan tozalangan) xlor gazi o’tkazilganda indenning xlorli hosilasi sintezlangan. Reaksion mahsulotlar Xromatek – Kristall 9000 (Rossiya) gaz xromatografiyasining mass – spektroskopik usulida kapillyar kolonka uzunligi 30 m, diametri 0,25 mm, membrena qalinligi 3.0 mkm, kolonka harorati: 120°C 1 min dan 160°C×20°C/min, injektor harorati 2600C, detektor harorati: 2700C; A tipidagi gaz oqim – 1 ml/min va umumiy analiz vaqti 27 min. bo’lgan sharoitlarda tahlil qilindi. Olingan mass – xromatografik tahlillardan ma’lum bo’ldiki reaksion aralshma tarkibida asosiy qismni 1,2 – dixlor inden yuqori unumlarda tashkil etishi aniqlandi. Reaksiya uchun kiritilgan xlor indenning 5 a’zoli halqasidagi to’yinmagan qo’shbog’iga birikishi tahlillar natijasida aniqlandi. Olingan xlorli birikma qo’shilgan preparat laboratoriya sharoitida va dala sinov jarayoniga 1:200 nisbatdagi miqdorida faolligi bronzovka qo’ng’izi (Oxythyrea cinctella) tomonidan zararlangan dala tajriba maydoniga turli konsentratsiyalarda qo’llash natijasida preparatning samaradorligi aniqlandi.