Published September 19, 2023 | Version v1
Journal article Open

AZOTLI, FOSFORLI O'G'ITLAR HAMDA PESTITSIDLAR KO'P QO'LLANILADIGAN TUPROQDA YASHAB QOLUVCHI FOYDALI MIKROORGANIZMLAR

Description

Ilmiy tadqiqot natijalari asosida tuproqqa meyoridan 30% ko’p miqdorda pestitsid va kimyoviy o’g’itlar bilan ishlov berilganda Bacillus thuringiensis 1fo shtammi eng yuqori miqdorni 7,29×109 va nisbatan pastroq natijani 70% da 1.28×109ga yetgani aniqlandi. Bt26 shtammida tajriba o’tkazilgan bakteriyalarga nisbatan eng past miqdorni 70% da 1,06×109 yuqori miqdori esa 30% da 6,65×109 gacha ko’tarilgani aniqlandi. Yuqoridagi ikkala shtammda ham 72 soat davomida suyuq ozuqa muhitida o’stirilgandagi miqdoriga nisbatan tuproqdagi hujayralar soni ortganligi aniqlandi. A. chroococum shtammi uchun 70% da 1 gr tuproqdagi hujayralar soni 1,73×109 tani tashkil etdi. A. brasilense shtammida ham pestitsid va kimyoviy o’g’itlar miqdorining ko’payishi hujayralar sonini kamayishiga sabab bo’ldi, 70% da esa 2,71×109 gacha kamayganligi aniqlandi. N. calcicola 32 shtammida selektiv qattiq ozuqa muhitiga ekilganda petri chashkalarning birontasida kalloniya hosil qilmadi.

Files

M-98.pdf

Files (817.2 kB)

Name Size Download all
md5:d824ce9bc6a8a50140ef41e8bd8d2a79
817.2 kB Preview Download