Published September 19, 2023 | Version v1

DIAZOTROF VA ENTOMOPATOGEN MIKROORGANIZMLARNI GO`ZA NAVINING BIOMETRIK KO`RSATKICHLARIGA TA`SIRI

Description

Gʻoʻzaning C-6524 naviga  biostimulyator xususiyatiga ega bakteriyalar hamda sianobakteriya shtammlarining taʻsir o’rganildi. Bunda sianobakteriya N. calcicola 32 va bacteriya A. chroococcum 44, A. brasilense 4-13, B. subtilis CКБ256, B. thuringiensis 93, B. thuringiensis 1фo shtammlarini g’o’za o`simligi o`sishi va rivojlanishiga ta`siri tahlil qilindi.    Tadqiqotda keltirilgan sianobakteriya hamda bakteriyalarning faoliyati natijasida gʻoʻzaning biometrik koʻrsatkichlari taqqoslanib o`rganilganda nazoratga nisbatan ildiz va poya biomassasi va uzunligi ortganligi qiyosiy tahlil qilindi. O`rganilgan mikroorganizm shtammlari orasida N. calcicola 32  g`o`za poyasini nazoratga nisbatan 7,5 sm, B. subtilis CKB256 shtammi ildiz uzunligini nazoratga nisbatan 11,2 sm ga oshirgan. G`o`za o`simligining poya biomasssasiga o`rganilgan shtammlar orasidan nazoratga nisbatan eng faol B. subtilis CКБ256- 3,13 marta, A.   chroococcum 44 shtammi esa - 2,9 marta ko`p hosil qilgan. Ildiz biomassasini nazoratga nisbatan A. chroococcum 44 shtammi -2,9 marta va B.   thuringiensis 93 shtammi esa  1,31 martaga oshirganligi aniqlandi.

Files

M-31.pdf

Files (787.2 kB)

Name Size
md5:a01488db261b4082e7b0cb1f80f3424a
787.2 kB Preview Download