NUTQDA KINESTIK XATTI-HARAKATLARNI IFODALOVCHI TIL BIRLIKLARINING QO'LLANILISHI
Description
Madina BERDIMURATOVA Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti O’zbek tilini o’qitish metodikasi kafedrasi tayanch doktoranti E-mail: madinaberdimuratova65@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.8116598 Annotatsiya: Ushbu maqolada noverbal muloqot va uning kinetikaga oid birliklari haqida so’z boradi. Kinestika bu og’zaki bo’lmagan imo-ishoralar, ifodalar hamda tana harakatlarini o’z ichiga oladi. Maqolada yuz imo-ishoralari, gavda harakatlariga oid, qo’l harakati, yelka harakati, bosh va oyoq harakatlari tahlil qilingan va ularning inson emotsional his-tuyg’ularini ifodalashdagi o’rni bayon etilgan.